Tezkor

Ön uçinçi ölim: koronavirus yuqtirgan samarqandlik bemor vafot etdi

Matn18-may, 2020, 15:331 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Ön uçinçi ölim: koronavirus yuqtirgan samarqandlik bemor vafot etdi

Samarqandlik fuqaro I. (erkak) şu yilning 14-may kuni oğir ahvolda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqiziladi. Ötkazilgan diagnostik tahlillardan söng bemorda “COVID-19” infeksiyasi ham aniqlangan.

Şundan keyin bemorga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida Virusologiya ilmiy tekşiriş instituti klinikasiga ötkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar tsirrozi taşxisi bilan davolanib kelgan. Bundan taşqari, unda semizlik, anemiyaning oğir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bölgan.

Körsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va ötkir nafas yetişmovçiligidan vafot etgan.

Yurtdoşimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Qolgan bemorlarga özi şifo bersin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek