Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

TTU talabalari endi nima qiladi?

Matn6-may, 2024, 10:512 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzLitsenziyasi bekor qilingan nodavlat universitet talabalarining öqişini köçiriş tartibi muhokama qilingan ovozli çatning töliq yozuvi.

TTU talabalari endi nima qiladi?

Toşkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi uzil-kesil bekor qilingani, bu haqda OTM maʼmuriyatining özi talabalariga maʼlum qilgani haqida xabarlar kelmoqda.

Bu mavzuda biroz avval kanalimizda alohida ovozli çat taşkil qilgan edik va unda barça savollarga rasmiylar tomonidan javob berilgandi. Ovozli çatda aytilgan gaplar haliyam öz kuçida turibdi, biror özgariş bölgani yöq.

TTU talabalarida “endi nima qilamiz?” degan savol tuğilsa, unda eng avvalo uşbu ovozli çatni eşitib körişlari kerak.

Ovozli çatda aytilgan gaplar haqida qisqaça maʼlumot beraman:

1. Ayni hozir, yaʼni may oyida davlat OTMlariga köçiriş imkoni yöq. Nodavlat OTMdan davlatga faqat avgust oyida böladigan testlar orqaligina köçiriş mumkin. TTU talabalari uçun biror istisno qilinmaydi;

2. Davlat OTMlariga öqişni köçirişda ötiş bali, katta ehtimol bilan, joriy yilda ham özgarmasa kerak. Ötgan yilgidek qolişi kutilmoqda. TTU talabalari uçun istisno tarzda ballni kamaytiriş rejalaştirilmayapti, bundan umid qilmasa ham böladi;

3. Hozirgi vaziyatda TTU talabalari öqişini boşqa nodavlat OTMlardan biriga köçiriş mumkin, bunda eng avvalo talabaning roziligi, bundan taşqari narigi nodavlat OTM roziligi kerak böladi;

4. Yurisprudensiya yönalişidagilar öqişini xuddi şunday yönalişi bor yagona nodavlat OTM — Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga köçirişlari mumkin, bunda yuqoridagi 3-bandda aytilgan şartlar bajarilişi kerak;

5. Agar yurisprudensiya yönalişidagi talabalar uçun joy yetarli emasligi uçun Akademiya tomonidan talabalarni qabul qiliş rad etilsa, unda vaziyatdan kelib çiqib, qaror qabul qilinadi. Hozir bu qanday qaror bölişini oldindan aytib bölmaydi;

6. Har qanday vaziyatda ham Oliy taʼlim vazirligi bironta talaba köçada qolmasligini taʼkidlagan.

Hozirça şular, qolganini vaqt körsatadi. Şu mavzuda yangilik bölsa, xabar berişga harakat qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek