Toşkentda yonğinni öçiriş vaqtida FVV qutqaruvçisi halok böldi
Toşkentda yonğinni öçiriş vaqtida FVV qutqaruvçisi halok böldi
15-avgust kuni soat 03:41 da Uçtepa tumani “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida yonğin sodir bölgani haqida “112” tizimiga xabar kelib tuşgan.
Voqea joyiga yetib kelgan FVV qutqaruvçilari yonğinni bartaraf etiş bilan birga xonadondagi aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilib, ularning hayotini saqlab qolgan.
Yonğinni öçiriş vaqtida FVV Maxsus qutqaruv batalyoni otryad komandirining örinbosari — guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev halok bölgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi marhum qutqaruvçining oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 24 Telegram Stars



