Toşkent şahrida ikki yilda yer ajratiş böyiça 2 mingdan ortiq eski farmoyiş bekor qilindi
Toşkent şahrida ikki yilda yer ajratiş böyiça 2 mingdan ortiq eski farmoyiş bekor qilindi
Poytaxt hokimligi maʼlumotiga köra, 2024-yildan beri avval qabul qilingan yer ajratiş qarorlari qayta körib çiqilmoqda. Natijada obodonlaştiriş uçun yer biriktiriş haqidagi 2 087 ta farmoyiş bekor qilingan.
Şuningdek:
➖ 2024–2026-yillarda poytaxtda 8 882 ta noqonuniy inşoot aniqlangan;
➖ ulardan 5 984 tasi buzilgan;
➖ 69 ta investitsiya şartnomasi investitsiya majburiyatlari bajarilmagani sabab bekor qilingan;
➖ 74,1 gektar yer şahar zaxirasiga qaytarilib, oçiq auksionga çiqarilgan.
ℹ️Maʼlumot uçun, 2021-yildan boşlab butun respublika böylab yer uçastkalarini ajratiş faqat oçiq elektron auksion orqali amalga oşirilmoqda. Avval esa bunday amaliyot hokim farmoyişlari va boşqa mexanizmlar orqali ham qöllangan.
👉 @xushnudbek 👈


