Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Toşkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqçi bölgan jinoiy guruh foş etildi

Video3-dekabr, 2025, 22:003 daqiqa0 koʻrish

❗️Toşkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqçi bölgan jinoiy guruh foş etildi

IIV va DXX tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida dastlab 32 yoşli şaxs boşqaruvidagi “Cobalt”dan 83 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi topildi, tezkor tadbir davom ettirilib, Yunusobod tumanida 3 nafar 18 yoşli şaxs uşlandi.

Ularning qölidagi sumkadan 730 dona qadoqlangan “mefedron”, ijara asosida yaşagan uylaridan esa 354 dona bölakka öralgan “Alfa PVP” va 500 gramm “mefedron” aniqlandi.

Şuningdek, uşbu jinoiy guruhning asosiy ombor mudiri ham qölga olindi. U va ayolining yaşaş manzilida 4 kg 200 gr “Alfa PVP” hamda 9 kg “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari topildi.

Tezkor tadbirlar davomida jami 17 kg va bir marotabalik 85 ming dozaga teng sintetik giyohvandlik vositasining tarqatilişi töxtatib qolindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek