Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Toşkent viloyati prokurori noqonuniy gazga ulangan ğişt zavodni tarmoqdan uzmaslikni söragani aytildi

Matn9-dekabr, 2022, 21:571 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzSardor Umurzakov raisligidagi yiğilişda gaz bosimi pastligi sababli 462 ta mahalladagi 62 mingta xonadonga gaz yetib bormayotgani aytildi.

Toşkent viloyati prokurori Prezident Administratsiyasidan noqonuniy gazga ulangan ğişt zavodni tarmoqdan uzmaslikni söragan

Yiğilişda vaqtinçalik çeklovlar kiritilgan bölişiga qaramay, gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari uçrayotgani jiddiy tanqid ostiga olindi, deya xabar bermoqda ÖzA.

«Mana, masalan, Olmaliqdagi ğişt zavod gaz hisoblagiçlardagi onlayn modemni uzib, körsatkiçni «nol» qilib qöyib, gaz tarmoğiga noqonuniy ulangan. Eng qiziği, uşbu holat aniqlangaç, viloyat prokurori Prezident Administratsiyasi masʼullaridan şu zavodni tarmoqdan uzmaslikni söragan. Prokurorning manfaati bormi bunday noqonuniy ulanişga?», - dedi Sardor Umurzakov.

Administratsiya rahbarining taʼkidlaşiça, uşbu zavod egalarining Angrenda ham zavodi bölgan. Boş vazir örinbosari Jörabek Mirzamahmudov boşçiligadagi komissiya Olmaliqqa kelganini eşitib, darrov Angrendagi zavodini yopişgan. Agar Angrendagi zavodda ham qonunbuziliş holati aniqlansa, bu böyiça ham alohida iş qözğatilişi maʼlum qilindi.

«Bunaqalarning orqasida kimlar turganigaça topamiz. U hokim böladimi, prokuror yoki soliqçimi, farqi yöq, tadbirkor bilan til biriktirgan bölsa, javobgarlikka tortiladi. Şuningdek, kamida hudud rahbarlarining beparvoligi masalasi ham körib çiqiladi», — dedi Administratsiya rahbari.

Yiğiliş davom etmoqda. Onlayn @uzauz kanalida yoritib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek