Sport

«Terma jamoangizning yutqazgani juda yaxşi bölibdi» — yaponiyalik otaxon

Video26-iyun, 2026, 08:214 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Terma jamoangizning yutqazgani juda yaxşi bölibdi” — yaponiyalik otaxon

🇯🇵 85 yoşli otaxon Yaponiya milliy jamoasi 1998-yilda ilk bor Jahon çempionatida iştirok etib, uçala öyinda ham mağlub bölgani haqida eslabdi.

Uning aytişiça, Yaponiya futboli mutasaddilari öşanda bu mağlubiyatlardan töğri xulosa çiqarib, futbolni rivojlantiriş uçun uzoq muddatli strategiya olib borişni boşlagan:

“Yaponiyada bir maqol bor: ‘Yetti marta yiqilsang ham, sakkizinçi marta tur’. Ular ham turdi: bolalar futboliga eʼtibor berdi, murabbiylarni tayyorladi, maktablarni rivojlantirdi, professional ligani kuçaytirdi va eng muhimi, şoşilmadi – 80 yillik strategiya tuzib, öşa böyiça harakat qilişdi. Çunki ular daraxt bugun ekilib, ertaga meva bermasligini yaxşi bilardi…

…Şunda men bir narsani tuşundim: Jahon çempionatidagi eng katta mağlubiyat 0:5, 0:7 emas ekan. Eng katta mağlubiyat yutqazganingdan keyin örganişni töxtatiş ekan. Sening jamoangning ham yutqazgani yaxşi böldi, deganimning sababi şu.

Yutganingda kamtar böl, yutqazganingda esa sabrli”,- deydi otaxon.

ℹ️ Maʼlumot uçun: Yaponiya milliy jamoasi 1998-yildan keyin ketma-ket 7 marta jahon çempionatlarida qatnaşdi va şundan 5 tasida guruhdan çiqişni uddalagan.

Joriy mundialda Yaponiya 🇳🇱Niderlandiya bilan 2:2, 🇸🇪Şvetsiya bilan esa 1:1 hisobidagi durang, 🇹🇳Tunis ustidan esa 4:0 hisobidagi yirik ğalabaga erişdi. Guruhda 2-örin bilan keyingi bosqiçga çiqdi. 1/16 finalda Braziliyaga qarşi öynaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 14 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. «F» guruhi öyinlari ham yakunlandi

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Omad kelmasa qiyin ekan

    0 koʻrish2 daqiqa

  3. 2026-yilgi qabul tugadi

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing