TDYUning ikki yönalişiga faqat B2 sertifikati bor abituriyentlar topşira oladi
Toşkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqşunoslik” hamda “Raqamli huquq” (Digital Law) taʼlim yönalişlariga faqat B2 daraja sertifikatga ega abituriyentlar topşira oladi.
Uşbu yönalişlarga öqişga kiriş 2 bosqiçda böladi. Abituriyentlar fanlardan böladigan test imtihonidan avval IQ testda qatnaşişi kerak böladi. IQ testlar xalqaro standartlarga muvofiq ixtisoslaşgan xorijiy taşkilotlar bilan hamkorlikda ötkaziladi.
IQ testdan yaxşi öta olganlargina ikkinçi bosqiçda fanlardan test imtihoniga kiritiladi.
Hozirça bu jarayonlarning rasmiy tartibi aniq emas. Prezident farmoniga köra, may oyida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilinişi kerak edi, lekin qaror keçikmoqda. Şu kunlarda çiqib qolsa kerak.
👉 @xushnudbek 👈

