Taşrifdan maqsad: energetik hamkorlik
Taşrifdan maqsad: energetik hamkorlik
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1-noyabrda Qozoğistonga, ertasiga esa Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelmoqda. “Taşrifdan maqsad Fransiyaning energetik xavfsizligini taʼminlaş” deya xabar bermoqda Bloomberg öz manbalariga tayangan holda.
Taşrif doirasida Qozoğiston va Özbekistondan uran importi yuzasidan muzokaralar olib borilişi aytilmoqda.
Çunki Rossiya-Ukraina uruşi hamda Nigerdagi davlat töntarişi sababli Fransiya öz energiya manbalarini qayta körib çiqişga majbur bölmoqda.
Eslatib ötamiz, Fransiya atom energetikasi böyiça dunyoda birinçi, ular orqali işlab çiqariladigan elektr energiyasi böyiça esa uçinçi örinda turadi.
👉 @xushnudbek 👈


