«Taşabbusli budjet» uçun yönaltiriladigan mablağlar haqida maʼlumot
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzLoyiha uçun taşabbuslar 26-fevralgaça qabul qilinadi. Muallif 1-mavsum uçun ajratilgan 756,5 mlrd söm mablağ miqdori kamligiga eʼtibor qaratgan.“Taşabbusli budjet” uçun yönaltiriladigan mablağlar haqida maʼlumot
Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berişiça, 2023-yilgi tuman va şahar budjetlarida taşabbusli budjet uçun jami 2,0 trln söm mablağ közda tutilgan bölib, şundan 1 trln sömi 1-mavsumda ajratiladi.
Umuman olganda jamoatçilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalaştiriş uçun 2023-yilda budjetdan jami 8 trln söm mablağlar yönaltirilişi möljallangan. Şundan:
2 trln söm – “Taşabbusli budjet” jarayonlari uçun tuman va şahar budjetlarida rejalaştirilgan;
320 mlrd söm – “Mening yölim” loyihasi doirasida tuman va şahar budjetlarida rejalaştirilgan;
4 trln söm – “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatçilik fikri asosida şakllantiriş uçun;
1,7 trln söm – mahalliy budjetlar qöşimça manbalarining 30 foizi hisobiga miqdoridagi mablağlar Fuqarolar taşabbusi jamğarmalariga yönaltirilişi prognoz qilingan.
👉 @xushnudbek 👈

