Tarixiy natijamiz adolatsizlik bilan esda qolmasin, iltimos
Tarixiy natijamiz adolatsizlik bilan esda qolmasin, iltimos
Futbolçilarimiz erişgan tarixiy natija munosabati bilan davlat mukofotlari beriş haqida farmon çiqdi. Qöşimçasiga bugun BYD avtomobillari ham beriladi (ularning soni 40 ta deyişmoqda).
Ammo futbol jamoatçiligi uşbu mukofotlar berilişida bir futbolçi qolib ketgani haqida yozmoqda (aslida qolib ketganlar köp, ammo bittasini alohida körsatiş joiz).
Gap şundaki, taqdirlangan 25 nafar futbolçi röyxati BAA va Qatarga qarşi öyin uçun eʼlon qilingan kengaytirilgan tarkibdan olingan.
Ammo avvalgi 8 ta öyinda tarkibda bölgan va terma jamoamizga katta yordami tekkan Bobur Abduxoliqov uşbu röyxatdan tuşib qolgan. Çunki Temur Kapadze oxirgi 2 öyin uçun uning örniga Islom Töxtaxöjayevni tarkibga çaqirgandi.
Bobur Abduxoliqov saralaş bosqiçida 134 daqiqa öynadi, BAAga qarşi bahsda penalti işladi (1:0 ga yutganmiz), Şimoliy Koreyaga qarşi bahsda esa golga assistentlik qildi (1:0 ga yutganmiz). Yaʼni 2 ta muhim bahsda yagona gollarning urilişida va 6 oçko olişda Boburning hissasi katta.
Eng qiziği, avvalgi öyinda Oston Örunov jarohat olgani sababli Bobur Abduxoliqov bugungi Qatar bilan öyinga tarkibga çaqirilgan.
Mukofotlanganlar orasida Botirali Ergaşev, Islom Töxtaxöjayev, Abduvohid Neʼmatov va Igor Sergeyev bironta öyinda maydonga tuşmagan.
Yöq, men yuqorida nomlari sanalgan futbolçilarning taqdirlanişiga mutlaqo qarşi emasman. Ular ham terma jamoa aʼzosi va taqdirlanişga 100% haqqi bor. Ayniqsa Islom Töxtaxöjayev terma jamoamiz uçun allaqaçon katta hajmli işni bajargan, gap yöq, haloli bölsin..
Şunçaki, adolat taʼminlanişi uçun Bobur Abduxoliqov ham qöşimça taqdirlanişi kerak, degan fikrdaman. Terma jamoamizning ikki muhim ğalabasiga bevosita hissa qöşgan futbolçi çetda qolib ketişi notöğri.
Bitta maşina va bitta unvon bilan davlatimiz qaşşoqlaşib qolmaydi. “Karnayçidan bir puf” degandek gap.
Hurmatli masʼullar, tarixiy natijamiz tökis bölişi uçun bir kişi çetda qolib ketmasin, iltimos.
👉 @xushnudbek 👈
- 43 Telegram Stars

