Tarixiy hujjat imzolandi!
Tarixiy hujjat imzolandi!
🇺🇿Şavkat Mirziyoyev hamda 🇦🇿Ilhom Aliyev ikki qardoş xalqlar uçun tarixiy bölgan hujjatni — Özbekiston-Ozarbayjon örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzolaşdi.
Ittifoqçilik — xalqaro diplomatiyada davlatlar örtasidagi munosabatlarda strategik şeriklikdan keyingi eng yuqori poğona hisoblanadi.
Özbekiston şu paytgaça faqat 3 ta davlat bilan ittifoqçilik munosabatlarini örnatgan edi: Rossiya, Qozoğiston hamda Tojikiston.
Eʼtiborli jihati, Özbekiston 2024-yilning özida 2 ta davlat bilan ana şunday şartnomani imzoladi. Yodingizda bölsa, aprel oyida Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat taşrifi doirasida qöşnilarimiz bilan ittifoqçilik munosabatlarini örnatgan edik. Oradan 4 oy ötib, endi Ozarbayjon ham bizning ittifoqçimizga aylandi.
👉 @xushnudbek 👈

