TalabaPay (tp.uz) sayti işga tuşdi — saxiylikda bellaşing

Foto4-sentabr, 2026, 15:432 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

TalabaPay (tp.uz) sayti işga tuşdi — saxiylikda bellaşing

✅ Loyiha haqida qisqaça: kompaniyalar va tadbirkorlar, şuningdek, blogerlar va media vakillari tp.uz saytidagi reytingda yuqorida turiş uçun badal tölaydi, tuşgan 100% mablağ ehtiyojmand talabalarning kontraktini tölaş uçun sarflanadi (soliqlardan taşqari).

📝 Loyiha haqida batafsil: Meni uzoq vaqtdan buyon kuzatadigan insonlar biladiki, imkonim böldi degunça, talabalarni har tomonlama, xususan, moddiy qöllab-quvvatlaşga harakat qilaman. TalabaPay loyihasi ham şu yöldagi navbatdagi qadam.

Yaqinda outbid.lol manzilida bir platforma işga tuşdi. Unda kompaniyalar şunçaki reytingda örin egallaş uçun badal tölaşni boşladi. Hozirgaça loyiha 255 ming AQŞ dollari mablağ yiğdi. Keyinroq şunday loyiha bizda ham sindr.uz manzilida işga tuşdi. Qisqa vaqtda 30 mln sömdan köproq mablağ yiğildi.

Bu kabi loyihalarni körişim bilan xayolimga birinçi kelgan fikr şunda böldi: eh, şu pullarni kontrakt tölaşga işlatsak zör bölardi-da!

Maqsad bor ekan, tayyor ğoya turgan ekan, nega unda urinib körmaslik kerak, dedim özimga. Şunday qilib, hozir siz körib turgan tp.uz platformasi dunyoga keldi.

Siz qança istasangiz, xohlang 50 ming söm, xohlang 1 mln söm, farqi yöq, şunça tölang. Gap reytingda neçançi örinda turganingizda ham emas, gap kompaniyangiz katta-kiçikligida ham emas, gap özi sizda kompaniya bor yoki yöqligida ham emas.

Gap sizning taʼlimga befarq emasligingizda! Gap sizning bağrikeng va saxiy inson ekanligingizda!

Uşbu loyiha orqali mablağ yuborgan barça kompaniyalar va barça insonlarga katta rahmat! Sizlar bilan faxrlanaman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 14 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek