Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Talabalar turar joyi uçun ariza yuboriş jarayonlari 1-avgustdan boşlandi!

Video1-avgust, 2024, 12:202 daqiqa0 koʻrish

Talabalar turar joyi uçun ariza yuboriş jarayonlari 1-avgustdan boşlandi!

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boşlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborişlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Şundan söng, umumiy röyxatdagi talabalar uçun yotoqxonada ortib qolgan örinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagiça taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uçun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uçun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uçun 20 — 25 foizgaça ajratiladi.

Arizalar qabuli 1-avgustdan boşlab öquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil maʼlumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679

❗️Maʼlumot uçun, 2024/2025-öquv yilida OTM 1-bosqiçiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija çiqqandan söng ariza yuborişlari mumkin böladi. Ular uçun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek