Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Talabalar örtasida Prezident sovrini uçun Intellektual olimpiada ötkaziladi!

Foto24-noyabr, 2022, 11:001 daqiqa0 koʻrish

Talabalar örtasida Prezident sovrini uçun Intellektual olimpiada ötkaziladi!

Joriy yil dekabr oyi boşida Toşkent şahrida talabalar örtasida Intellektual olimpiada bölib ötadi.

Intellektual olimpiadaga taʼlim yönalişidan qatʼi nazar, respublikadagi barça OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqiçida taʼlim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

Olimpiada iştirokçilari quyidagi 6 turdagi öyinda bellaşadi:

1) "Zakovat" öyinining sportça versiyasi;
2) Breyn-ring;
3) Şaxsiy öyin;
4) Erudit-kvartet;
5) Şaxmat;
6) Şaşka.

Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar iştirokçi (7 nafari - "Zakovat", breyn-ring, şaxsiy öyin, erudit-kvartet uçun; 2 nafari (1 qiz, 1 öğil) şaxmat uçun; 2 nafari (1 qiz, 1 öğil) şaşka uçun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnaşadi.

1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda taşkilotçilarga ariza yöllaşi lozim böladi.

Turnir Nizomi bu yerda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek