Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Talabalar esdan çiqib qoldi

Matn17-yanvar, 2023, 17:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Talabalar esdan çiqib qoldi. Vazirlar Mahkamasi yeçim berişi kerak

(Xabar tahrirlandi: biletlarga çegirma va bepul almaştirib beriş muddati uzaytirildi)

Anomal sovuq nafaqat uy-joylar va infrastrukturalarga, balki miyalarga ham taʼsir qildi şekilli, tez öylaş va aqlli qaror qabul qiliş sifati keskin tuşib ketganini taʼtillar bilan boğliq jarayondan ham köriş mumkin. Mayli, bu haqda hali xöb va köp gapiriladi.

Hozir masʼullar eʼtiborini boşqa bir masalaga qaratmoqçiman.

Dastlab 9-yanvardan öqişlar boşlanişi kerak edi. Keyin darslar 18-yanvarga qadar uzaytirildi. Xuddi şu uzaytiriş haqidagi Vazirlar Mahkamasi bayonida talabalarga beriladigan avia hamda temir yöl çiptalariga 50 foiz çegirma muddatini ham 18-yanvarga qadar uzaytiriş, şuningdek 9-yanvargaça xarid qilingan çiptalarni bepul almaştirib beriş belgilangandi.

Keyinçalik ayrim joylarda öqiş 11-yanvardan boşlanadi deyişdi. Endi esa keçadan boşlab deyarli barça hududlar oliy taʼlim uçun ham öqişlar 23-yanvardan boşlanadi, deb eʼlon qildi.

❗️Muammo şundaki, Vazirlar Mahkamasi taʼtil muddatini belgilaşni hududiy hokimliklarga topşirgandi, ammo hokimlarda avia hamda temir yöl çiptalariga çegirma belgilaş yoki bu muddatni uzaytiriş vakolati yöq.

Talabalarning çiptalari esa bugun-erta kuyadi. Özi 2-3 marta çipta almaştirib sarson bölgan talabalar, hammasiga közni çirt yumib, yana bir marta almaştirişga rozi, ammo endi kassalar çegirma bermaymiz yoki tekinga almaştirmaymiz, deyapti. Ular ham töğri aytyapti, çunki çegirma muddatini uzaytiriş haqida qaror yöq. Talabalar hammaning esidan çiqib ketib qoldi.

Bu masala bilan faqat va faqat Vazirlar Mahkamasi şuğullanib, yeçim bera oladi. Na hokimlikda, na vazirlikda bunaqa vakolat bor. Umid qilamanki, Vazirlar Mahkamasidagi taʼlimga masʼul insonlar tezda bu masalada ham talabalar foydasiga yeçim berişadi.

Hazil tariqasida aytganda: "Talabalar ham odam" 😊

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek