Tushuntirish

Tailand vizasi atrofidagi tuşunmovçilik yuzasidan töldiriş

Matn24-may, 2026, 22:491 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Tailand vizasi atrofidagi tuşunmovçilik yuzasidan töldiriş

Tailand hukumati 19-may kuni qabul qilgan vizaga oid öz qarorini hozirça rasman eʼlon qilmayapti, şuning uçun tuşunmovçilik paydo bölmoqda.

Tailand turizm va sport vaziri aytgan maʼlumotlar:

1) 93 ta davlat uçun 60 kunlik vizasiz rejim bekor qilindi va viza muddatlari 2024-yilgaça qanaqa bölgan bölsa, öşa avvalgi muddatga qaytarildi;

2) avval 57 ta davlat uçun 30 kunlik vizasiz rejim belgilangan edi, bundan keyin şu röyxat 54 taga tuşirilgan;

3) qaysi 3 ta davlat çiqarib taşlangani hozirça rasman eʼlon qilinmagan, Tailand turizm va sport vaziri ham bu nomlarni oçiqlaşni xohlamagan;

4) uçta davlat uçun turizm maqsadida 15 kunlik vizasiz rejim joriy etilgan;

5) Kelganda beriladigan vizani (VoA) qayta körib çiqilgan hamda bunga haqli davlatlar röyxati 31 tadan 4 taga qisqartirilgan.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi ham endilikda Özbekiston fuqarolari Tailandga vizasiz kira olmasligini maʼlum qilibdi.

Demak, katta ehtimol bilan, endi özbekistonliklar Tailandga viza olib boradi.

Hozirça bu haqda Özbekiston TIV biron izoh bermadi.

Tailand hukumati qarori kelayotgan haftada rasman eʼlon qilinişi kutilmoqda. Şundan söng, barçasi rasman aniq böladi. Ungaça biroz kutiş kerak.

Rasmiy maʼlumot çiqqungaça, avvalgi post kanaldan öçirildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek