Tadbirkorlar sovutkiç va tibbiy uskunalarni sertifikatlaş jarayoni uzoq va qimmatligidan şikoyat qilmoqda

Matn18-aprel, 2025, 16:181 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPrezident farmoni bilan Texnik tartibga soliş agentligi, Sanepidqöm va boşqa idoralarning vakolatlari belgilanib, takrorlanuvçi tartiblar bekor qilinadi.

Salqin içimlik işlab çiqaruvçi tadbirkorlar çetdan keladigan vitrinali sovutkiçlarni sertifikatsiyalaş jarayoni 3 oygaça çözilayotganini aytmoqda.

Kurerlik xizmati korxonalari moped olib kelib, odamlarni işli qilayotgani, lekin mopedning özi 300 dollar tursa, uni standartdan ötkazib, sertifikat olişga yana şunça mablağ ketayotgani körsatib ötildi.

Xususiy klinikalar “Özbekistonga ilk bor olib kelinayotgan ayrim tibbiy uskunalarni Farmqömitada röyxatdan ötkaziş xarajati ularning narxidan 10 karra qimmat”, demoqda. Şuningdek, qömitada oddiy termometrni ham, MRT uskunasini ham röyxatdan ötkazişga 4-5 oy vaqt ketmoqda.

Davlatimiz rahbari bunday tölov va tartibotlar mutasaddilar tomonidan naqadar çuqur öylanganini savol ostiga qöydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek