Suvning qadri yöq
Suvning qadri yöq
Bir tomonda yurtimizda suv taqçilligi fojiaviy holatda ekanligi, agar tegişli çoralar körilmasa, uzoq 100 yilda emas, balki yaqin kelajakda suvsizlikdan butun jamiyat azob çekişi mumkinligi haqida bong uriladi, yana boşqa tomonda esa ayrim masʼullar maşinalar qatnoviga xalaqit bermasin degan vaj bilan suvni bemalol köçaga oqizaveriş haqida topşiriq beradi.
Çunki bizda suvning qadri yöq. Ham moddiy, ham maʼnaviy tomondan suv biz uçun eng qadrsiz neʼmatlardan biri. "Suv tekin" degan öta notöğri ibora ham deyarli butun jamiyatning ongini zaharlab bölgan. Suvni isrof qilgani uçun vijdoni qiynaladigan insonni kunduzi çiroq yoqib topolmaysiz. Yuqoridagi rasmdagi holat milliondan bir misol xolos. Aslida har qadamda şunaqa.
Tağin bu işlarning barçasi butun dunyodagi eng katta ekologik fojialardan biri bölgan Orol dengizi qurişi yuz bergan davlatda bölmoqda. Köz oldimizda butun boşli yirik suv havzasi deyarli yöq bölib ketdi, bu esa aholi salomatligi, hudud ekotizimiga öta jiddiy zarar yetkazmoqda, ammo bundan bir gramm ham xulosa çiqarganimiz yöq. Tovba, aslida biz eng suvni qadrlaydigan jamiyatlardan biri bölişimiz kerak edi. Lekin ming afsuski unday emas...
👉 @xushnudbek 👈

