«Super kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
Manba:Xushnudbek.uz
«Super kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent
Öqişga kira olmagan köplab abituriyentlarda super-kontrakt bilan boğliq savollar paydo bölayotganini hisobga olib, ayrim tuşuntiriş berib ötaman.
‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2023-yil uçun super-kontrakt narxi va tartiblari hozirça tasdiqlangani yöq. Tasdiqlansa, qöşimça xabar beramiz.
❓Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?
2022-yildagi batafsil javob bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15751
❓Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qöşib tölanadimi?
Yöq, unaqa emas. Birinçi yili faqat super-kontrakt summasi tölanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qöşib tölanmaydi. Ikkinçi yildan boşlab esa faqat oddiy kontrakt tölanadi, super-kontrakt tölanmaydi.
❓ Super-kontrakda öqiş uçun neça ball oliş kerak?
Farqi yöq. Testga kirgan bölsa, kifoya. 1 ball olgan bölsa ham, super-kontraktda öqişi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.
❓Super-kontrakda öqişni xohlaganlar qaçongaça ariza berişi kerak?
Eng avvalo aytiş kerakki, hali super-kontrakt uçun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borişingiz şart emas. Arizani sentyabr oyida, öqişlar boşlangaç ONLAYN berasiz.
Arizalar 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Kim birinçi ariza bersa, öşa birinçi qabul qilinadi, degan qoida yöq. Talabgorlar töplangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball töplaganlarga imkon beriladi. Şu sababli şoşib, hovliqib yugurib yotmang.
❓Ariza beriş uçun OTMga boriş kerakmi?
Yöq. 2 yildan buyon super-kontrakt uçun arizalar onlayn qabul qilinadigan böldi. Siz uyingizdan çiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uçun OTMga keliş, kimnidir kabinetida navbat kutiş, kimlargadir iltimos qiliş şartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt işga tuşgaç, qöşimça xabar qilinadi.
❓Öqişga KIRGANLAR boşqa yönalişga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinçi va ikkinçi yönalişga bali yetmadi, lekin uçinçi yönalişga öqişga kirdi. Abituriyent uçinçi yönalişda öqişni istamay, birinçi yoki ikkinçi yönalişda super-kontraktda öqiy oladimi?
✅ Bu masala hozirça oçiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.
Ötgan yili abituriyent özi tanlagan BIRINÇI yönalişga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINÇI tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yönalişga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bölsa, 2-yönalişda super-kontraktda öqiy olmasdi, faqat BIRINÇIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qöşimça xabar beriladi.
❓Öqişga KIRA OLMAGANLAR istalgan beşta yönalişda super-kontrakt qila olişadimi?
Uşbu masala ham hozirça nomaʼlum. Aniq bölgaç, xabar beriladi. Ötgan yili beşala yönalişiga ham öqişga kira olmagan abituriyentlar istalgan beşta yönalişdan birini tanlab, super-kontraktda öqişiga ruxsat berilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈


