Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Sud majlisi oçiq ötkazilişi maqsadga muvofiq — Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi

Matn7-sentabr, 2024, 10:521 daqiqa0 koʻrish

Sud majlisi jamoatçilik uçun oçiq tarzda ötkazilişi maqsadga muvofiq — Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi

Şu kunlarda sobiq qişloq xöjaligi vaziri A.Voitov va boşqalarga oid jinoyat işi sudda körib çiqilmoqda

Sudning 6-sentyabr kungi majlisida OAV vakillarining faoliyati çeklab qöyildi. Ularga sud majlisida foto, video va audiomaterial oliş taqiqlandi. 

OAV vakillari şundan söng sud zalini tark etgan. Jurnalistlar sudning uşbu qaroridan norozi bölişmoqda.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mazkur sud majlisi jamoatçilik uçun oçiq tarzda ötkazilişi maqsadga muvofiq ekanligini maʼlum qildi.

Agentlikka köra, Prezident farmoniga muvofiq, davlat xizmatçilarining kasbiy faoliyati bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid işlar böyiça sud majlislari telekanallar, şuningdek, internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişi lozimligi belgilangan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek