SSV «Elektron retsept» tizimi böyiça ayrim savollarga javob berdi
📩 SSV “Elektron retsept” tizimi böyiça ayrim savollarga javob berdi
❓Savol: Ayrim fuqarolar tizim “osilib” qolişi, uzoq yuklanişini aytmoqda. Çindan ham şundaymi?
✅ Javob: Hozir tizim işçi holatda. Agar internet tezligida nosozliklar kuzatilmasa, tizimdan muntazam foydalaniş imkoniyati mavjud. Texnik mutaxassislar doimiy ravişda yuklamaga qarab, serverlarni optimizatsiya qiliş işlarini olib bormoqda.
❓Savol: Agar “Elektron retsept” tizimi işlamay qolsa, şifokor nima qiladi?
✅ Javob: Agar tizim muassasaning özida (elektrdagi uziliş, tarmoqdagi uziliş) işlamay qolsa, muqobil variant sifatida şifokorlar planşet orqali elektron retsept tayinlaydi.
❓Savol: Texnik nosozlik kuzatilgan hollarda bemorlarning dori vositalari bilan taʼminlanişi qanday amalga oşiriladi?
✅ Javob: Bunday holatlarda bemor vaqtini tejaydigan qulay algoritm işlab çiqilgan. Şoşilinç holatlarda şifokorlar tomonidan joyida tibbiy yordam körsatiladi (dorilar muassasa zaxirasidan beriladi). Elektron retseptlar esa asosan ambulator davolaniş uçun möljallangan.
❓Savol: Retsept yozdiriş maqsadida keladigan bemorlar uçun alohida tezkor yölak joriy etilganmi?
✅ Javob: Alohida tezkor yölak joriy etişga ehtiyoj yöq. Çunki surunkali kasalligi bor bemorlarga navbat asosida xizmat körsatiladi. Şoşilinç holatdagi bemorlar uçun esa birinçi tibbiy yordam körsatişga möljallangan dori vositalari barça oilaviy poliklinikalarda mavjud.
***
ℹ️ Maʼlumot uçun: “Elektron retsept” tizimi doirasida vujudga kelayotgan murojaatlarni qabul qiliş maqsadida @ssv_pilotbot bot oçilgan.
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligining 1003 qisqa raqamli "Ishonch telefoni" bazasida muntazam faoliyat yurituvçi alohida “Call-markaz” taşkil etildi. “Elektron retsept” tizimi amaliyoti böyiça yuzaga kelgan savollaringiz va murojaatlaringizga tunu kun javob olişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



