Sreçko Katanes boş murabbbiylikdan ketdi
Sreçko Katanes boş murabbbiylikdan ketdi
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Sreçko Katanes soğliği bilan boğliq muammolar sababli Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan şartnomani özaro rozilik bilan bekor qilişga qaror qildi.
Sloveniyalik murabbiy öz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini tölaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qöllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uçun assotsiatsiyaga öz minnatdorçiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon çempionati saralaş bahslarida omad tiladi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz boş murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlaş borasida iş olib bormoqda.
- 4 Telegram Stars


