Soliq oliy maktabiga qabul joriy yildan boşlanadi
❗️Soliq oliy maktabiga qabul joriy yildan boşlanadi
Prezident qarori bilan Soliq qömitasi huzuridagi Soliq oliy maktabi tayanç davlat oliy taʼlim muassasasi sifatida faoliyat yuritadi.
🎓 2026/2027-öquv yilidan bakalavriatga talabalar qabul qilinadi, 2027/2028-öquv yilidan magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqiçlari yölga qöyiladi.
OTMda soliqlar va soliqqa tortiş, raqamli soliq maʼmurçiligi, soliq huquqi hamda moliyaviy nazorat yönalişlarida mutaxassislar tayyorlanadi.
📄 Bitiruvçilarga davlat namunasidagi diplom bilan birga soliq maslahatçisi va auditorlik sertifikatlarini oliş uçun maxsus kurslarni ötagani haqida hujjat ham beriladi.
Joriy öquv yilidan Oliy maktab uçun davlat granti böyiça 50 ta, lekin umumiy qabul kvotasining 50 foizidan oşmagan miqdorda qabul kvotalari ajratib boriladi.
👉 @xushnudbek 👈



