Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Soliq islohotlari natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 120 trln sömdan ziyod mablağ qolgan

Matn1-oktabr, 2023, 19:071 daqiqa0 koʻrish

Yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş, rasmiy faoliyat körsatayotgan tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş masalalariga oid tadbirda taʼkidlanişiça, sönggi 7 yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trln sömdan ziyod mablağ qolgan.

Şu bilan birga, hozirgi kunda ham mamlakatda xufiyona iqtisodiyotning uluşi 40 foiz, yiliga 32 mlrd dollar atrofida qolayotgani, soliqlardan qoçib, qonunlar oldidagi majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan "tadbirkor"lar hali ham mavjudligi qayd etilgan.

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti ötkazgan tadqiqotga köra, 2023-yilning dastlabki 7 oyida hududlarda noqonuniy tamaki savdosi darajasi 20 foizdan oşgan. Bu mahsulotlar kontrabanda yöli bilan olib kirilgani, vaziyat şunday davom etsa bir yilda budjetga örtaça 1 trln sömga yaqin tuşum tuşmay qolişi ehtimoli hisob-kitob qilingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek