Şuhrat Ğaniyev qöşib yoziş va nomaʼqul işlar köpayib ketgani uçun Prezidentdan tanqid eşitdi
Şuhrat Ğaniyev qöşib yoziş va nomaʼqul işlar köpayib ketgani uçun Prezidentdan tanqid eşitdi. Qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari işdan olindi
Keça Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan videoselektorda Boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev, Fermerlar kengaşi raisi Aktam Xaitov hali eskiça işlayotgani, balandparvoz raqamlarga berilib ketgani tanqid qilindi.
Soha rahbarlarining vazifasi Prezidentga katta-katta raqamlar bilan hisobot beriş emas, qişloqdagi dehqon, fermer masalasini hal qiliş, oğirini yengil qiliş ekani körsatib ötildi.
Lekin, muhim işlar çetda qolib, qöşib yozişlar, nomaʼqul işlar köpayib borayotgani qatʼiy tanqid ostiga olindi.
Yöl qöygan kamçiliklari uçun qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Ş.Teşayev lavozimidan ozod etilgani, vazir örinbosari Ş.Mirzayevga hayfsan berilgani aytib ötildi.
«Bundan buyon Ğaniyevdan ham, Xaitovdan ham, yangi vazir Voitovdan ham juda qattiq sörov böladi», — dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈
