Şoxrux Daliyev va Otabek Mahkamov oliy taʼlim vaziri örinbosarlari etib tayinlandi
— Daliyev Şoxrux Hojiakbaroviç oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar uzoq yillardan buyon Vazirlar Mahkamasida turli masʼul lavozimlarda işlab kelayotgan edi.
— Mahkamov Otabek Muxtoroviç oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining örinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar Prezident Administratsiyasida masʼul lavozimlarda işlagan.
Özimdan qöşimça: yuqoridagilarning ikkalasining ham "suyagi taʼlimda qotgan". Şoxrux Daliyev Davlat qabul komissiyasining uzoq yillik kotibi sifatida qabul jarayonlarining har bir bosqiçida özi boş-qoş bölgan. Nimadir muammo yoki tuşunmovçilik çiqsa, eng birinçi Şoxrux akaga aytardim. tezda ijobiy hal qilişga, imkon qadar abituriyentlar foydasiga qaror qabul qilinişiga harakat qilardi.
Otabek Mahkamov huquqşunos-olim sifatida Toşkent davlat yuridik universiteti hamda Davlat boşqaruvi akademiyasida uzoq yillar kafedra mudiri, dekan kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan, Prezident Administratsiyasida ham aynan taʼlim yönalişida işlagan.
Xullas, oliy taʼlimning pastu balandini va muammolarini içidan biladigan kadrlar keldi. Endi vazir Kongratbay Şaripov boşçiligida oliy taʼlimni rivojlantiradigan qarorlar va özgarişlar qila olişiga tilakdoşman.
Sohaga yangi havo kirsin işqilib, ança dimiqib qolgan, borgan sari nafas oliş qiyinlaşyapti, derazalarni oçiş payti keldi.
👉 @xushnudbek 👈

