Şişirilgan narxlar
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAQŞda qidiruvda bölgan Nodir Yunusov “Antistrumin” yetkazib bergan “Samo” MÇJ taʼsisçilaridan biri ekani aytilmoqda.Şişirilgan narxlar
Otabek Bakirovning yozişiça, SSV taʼsisçiligidagi “ÖZMEDIMPEKS” MÇJ kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (Antistrumin) dori vositasini “Samo” MÇJdan 2022-yilda 5500 sömdan, 2023-yilda 6500 sömdan sotib olgan.
Çakana savdoda esa xuddi şu dori, xuddi şu işlab çiqaruvçiniki şu kunlarda 2800-3000 sömdan taklif etilmoqda.
Yaʼni atiga bir dona sotib oliş mumkin bölgan çakana savdoda 2800/3000 söm, 3 yarim million dona sotib olingan davlat buyurtmasida esa 5500/6500 söm.
Eʼtibor qiling, bu çakana, yaʼni ustiga kamida — 10-15% ustama qöyilgan, endi kötarasiga qança arzonligini tasavvur qilavering.
"Uşbu holatda siyosiy javobgarlik bölişiga işoniş juda qiyin, lekin [heç bölmaganda] jinoiy javobgarlik bölişi kerak", - deb yozmoqda Otabek Bakirov.
👉 @xushnudbek 👈

