Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şayhontohur tumanida joylaşgan savdo majmuasida sodir bölgan yonğin töğrisida maʼlumot

Matn28-oktabr, 2023, 11:401 daqiqa0 koʻrish

Şayhontohur tumanida joylaşgan savdo majmuasida sodir bölgan yonğin töğrisida maʼlumot

Bugun, 28-oktyabr kuni soat 06:58 da Toşkent şahar Şayhontohur tumani Beruniy köçasida joylaşgan “Ecobozor” majmuasida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida şahar FVBga xabar tuşgan.

Şunga köra 5 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 07:04 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 07:19 örab olingan va soat 07:26 da öçirilgan.

Yonğin natijasida savdo majmuasining 80 kv.m taşqi devor qoplamasi qismi va şu joydagi kafening 70 kv.m maydonida içki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida savdo majmuasining 7000 kv.m maydoni yonğindan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq.

Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek