Sport

Şaxmat toji uçun kuraş qizğin pallaga kirdi

Foto16-aprel, 2023, 19:361 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şaxmat toji uçun kuraş qizğin pallaga kirdi

Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Jahon çemopionligi uçun navbatdagi bahs bölib ötmoqda. Amaldagi şaxmat toji egasi 🇳🇴Magnus Karlsen (2853) öz xohişi bilan uşbu bahsda iştirok etişdan boş tortgandan söng, nomzodlar turniri ğolibi rossiyalik grossmeyster 🇷🇺 Yan Nepomnyaşiy (2795) turnirda 2-örinni olgan xitoylik 🇨🇳Ding Liren (2788) bilan bahs olib boradigan bölgan edi.

Hozirgaça 6 ta partiya bölib ötdi. Hisob — 3:3. Jangovor durang hamda mutloq tenglik. Har bir şaxmatçi hisobida 2 ta ğalaba, 2 ta durang va 2 ta mağlubiyat bor.

Bugungi 6-turda oq donalarda öynagan “xitoylik terminator” juda çiroyli ğalabaga erişdi va hisobni tenglaştirdi (44-yurişdan keyingi vaziyat yuqoridagi suratda).

Eslatib ötamiz, Jahon çempionligi uçun bahs jami 14 ta partiyadan iborat böladi. Kim birinçi 7,5 oçko töplasa, öşa şaxmatçi Magnus Karlsenning 10 yillik hukmronligidan keyingi yangi Jahon çempioniga aylanadi. Agar 14 ta partiyada durang qayd etilsa, unda qöşimça tay-brek bahslari ötkaziladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek