Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat taşrifi böyiça Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati roligi

Video20-aprel, 2024, 17:577 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat taşrifi böyiça Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati tayyorlagan rolik.

Uşbu fikrlarga qöşilgan holda aytişim mumkin, darhaqiqat, Özbekiston Prezidentining davlat taşrifi qardoş tojiklar tomonidan juda muhim ahamiyatli voqea sifatida qabul qilindi.

Sababi tuşunarli, Moskva şahridagi teraktda tojik fuqarolari ayblangandan söng xalqaro maydonda Tojikiston va uning fuqarolariga nisbatan yovqaraş paydo böldi.

Bunday oğir pallada Özbekiston öz pozitsiyani hammaga oçiq bildirdi: "Sizlar qanday öyinlar öylab topsangiz ham, biz qardoş qöşnilarimiz bilan birgamiz" deyildi.

Va bu pozitsiya şunçaki oğzaki emas, balki rasmiy hujjat şaklida muhrlandi. Avval xabar berganimizdek, Özbekiston va Tojikiston Prezidentlari Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnomani imzoladi.

Yaʼni Özbekiston xalqaro maydondagi vaziyat fonida Tojikiston bilan munosabatlarini yana bitta poğonaga kötarib, eng yuqori şaklga olib çiqişini maʼlum qildi. Bungaça Özbekiston faqat 2 ta davlat (Rossiya, Qozoğiston) bilan ittifoqçilik munosabatlarini örnatgan edi xolos.

Şavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning yuzma-yuz muzokarasi 3 yarim soat davom etdi. Kamdan kam vaziyatlarda Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatlari bunçalik uzoq böladi. Demak, ikki davlat yetakçilari juda köp nozik masalalarni yopiq eşiklar ortida muhokama qilgan. Muzokaralarda xalqaro maydondagi holatlar fonida qanday yöl tutiş, özaro hamkorlikni mustahkamlaş, bir-birini qöllab-quvvatlaş, voqealar rivojiga qarab "A", "B", "C" rejalar haqida gap ketgan bölişi tabiiy. Bundan taşqari suv, energetika, çegara, savdo masalalari böyiça ham öta muhim masalalar muhokama qilingan.

Yuzma-yuz muzokaradan keyin Prezidentlarning kayfiyati juda yaxşi edi, demak, kelişuvlar ijobiy bölganini taxmin qiliş mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlarining döstligi bardavom bölsin. Qudratli kuçlar oldida faqat birlaşuvgina bizni halokatdan qutqarib qoladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek