Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi bilan hamkorlik haqidagi maqolasi nufuzli naşrlarda çop etildi
🇺🇿🇰🇷 Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi bilan hamkorlik haqidagi maqolasi nufuzli naşrlarda çop etildi
Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifi munosabati bilan mamlakatning nufuzli naşrlari — “Çosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Çosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida davlatimiz rahbarining “Özbekiston va Koreya Respublikasi: özgarişlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi çop etildi.
Maqolada Özbekiston — Koreya döstligining tarixiy asoslari va yuksak işonçga tayangan alohida strategik şeriklik istiqbollari yoritilgan. Sönggi yillarda özaro savdo 5 barobar oşdi, Koreya investitsiyalari 8 milliard dollardan ortgani qayd etilgan.
Hamkorlikning yangi yönalişlari sifatida sunʼiy intellekt, yarim ötkazgiçlar, robototexnika, elektr transporti, biofarmatsevtika, “aqlli” qişloq xöjaligi va “aqlli şaharlar” körsatilgan.
Şuningdek, 16-sentabr kuni Seulda ilk bor ötkaziladigan “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” sammitida Özbekiston siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş va amaliy hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan taşabbuslarni ilgari surişi maʼlum qilingan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


