Şavkat Mirziyoyev va Yun Sok Yol strategik şeriklikni kengaytiriş töğrisidagi bayonotni imzoladi
🇺🇿Şavkat Mirziyoyev va 🇰🇷Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Alohida strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va har tomonlama kengaytiriş töğrisidagi Qöşma bayonotni imzoladi.
Davlat taşrifi doirasida jami 17 ta hujjat, şu jumladan:
– Koreya Eksport-import banki va Hyundai Rotem kompaniyasi bilan tezyurar elektr poyezdlarini xarid qiliş va yetkazib beriş töğrisida bitimlar;
– Koreya Eksport-import banki bilan örta maktablar uçun fan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini yetkazib beriş töğrisida bitim;
– Özbekiston davlat xizmatçilari salohiyatini oşiriş sohasida hamkorlik töğrisida bitim;
– Jahon savdo taşkiloti doirasida hamkorlik töğrisida bayonnoma;
– Özbekiston hududlarida markazlaşgan issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qiliş böyiça hamkorlik töğrisida kelişuv;
– Malakali va professional kadrlar tayyorlaş böyiça hamkorlik töğrisida memorandum.
👉 @xushnudbek 👈



