Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar hokimini keçasi ştabda işdan olganini maʼlum qildi
Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahar hokimini keçasi ştabda işdan olganini maʼlum qildi.
«Toşkent şahrining barça darajadagi rahbarlarining bugungi holatga tayyor emasligini men özim ham körib turibman, xalqimiz ham körib turibdi. 120 ta mahallada elektr va gaz taʼminotida uzilişlar böldi. 584 ta mahalladan 120 tasida mana şunday muammolar böldi.
Birgina 15-yanvar kuni Toşkent şahridagi yettita yuqori va 524 ta past kuçlanişli transformator hamda 87 ta transformator ortiqça yuklamalarga bardoş berolmay işdan çiqdi.
Nega poytaxtda şunday böldi? Nega oldindan tayyorgarlik qilmadik? Şunça gap gapirganimizga qaramay, Vazirlar Mahkamasi qayerga qaragan degan savol meni qiynayapti.
Qiş mavsumiga lozim tayyorgarlik qilmagani uçun Toşkent şahri hokimi Ortiqxöjayevni keçasi ştabda işdan oldim. Quruq gap bilan, yolğon «svodka» bilan pastga tuşmagani uçun, noinsof, oyoği yerdan uzilgani uçun uni işdan oldim», — dedi prezident.
👉 @xushnudbek 👈



