Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan, Afğoniston şarqidagi zilzila qurbonlariga yordam yuborildi
🇺🇿🇦🇫 Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan, Afğoniston şarqida röy bergan zilzila qurbonlariga yordam sifatida insonparvarlik yordami yuborildi.
Qariyb 300 tonna yuk — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyumlar va yopinğiçlar Özbekiston xalqi nomidan Balx viloyatiga yetkazildi.
Hayratonda bölib ötgan topşiriş marosimida Özbekiston Prezidenti maxsus vakili Ismatilla Irgaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov hamda Afğoniston rasmiylari qatnaşdi.
📦 Yordam tarkibida un, guruç, şakar, tuşyonka, makaron, yoğ, qandolat mahsulotlari, tez tayyor ovqatlar, qizil loviya va moş, içimlik suvi, 5 mingta yopinğiç hamda 10 tonnadan ortiq dori vositalari bor.
Afğoniston rasmiylari Özbekiston Prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi.
Maʼlumot uçun: 1-sentyabrga ötar keçasi sodir bölgan zilzila natijasida kamida 2 ming 200 nafardan ortiq kişi halok bölgan, 3 ming 600 dan ortiq kişi yaralangan. Zilzila 84 mingga yaqin kişining hayotiga töğridan-töğri taʼsir körsatdi, minglab odamlar boşqa hududlarga köçirilgan.
- 5 Telegram Stars

