Muhim

Şavkat Mirziyoyev Söx tumanida bölgan voqealarga öz munosabatini bildirdi

Foto6-iyun, 2020, 16:331 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Söx tumanida bölgan voqealarga öz munosabatini bildirdi:

- Keyingi yillarda qöşni davlatlar bilan çegaradoş joylardagi köp muammolarni hal qilişga erişdik.

Söxdagi voqealar qirğiz xalqi bilan döstligimizga, bordi-keldimizga, rejalarimizga taʼsir qilmasligi kerak.

Vazmin, sabr-toqatli, mehr-oqibatli bölişimiz zarur. Qöşniçilik - ming yilçilik. Xalqlarimiz yelkadoş bölib, bir-birini hurmat qilib yaşaşi kerak.

Boş vazir rahbarligida Hukumat komissiyasi tomonidan muammolar örganilib, keng qamrovli takliflar tayyorlangan. 2020-2022-yillarda Söx tumanini kompleks rivojlantirişga 500 milliard söm mablağ yönaltiriş belgilangan. 11 ming yangi iş joyi taşkil etiş rejalaştirilgan.

Jismoniy şaxslar yer va mol-mulk soliğidan ozod etilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun daromad soliği stavkasi 2 barobar kamaytiriladi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek