Şavkat Mirziyoyev sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytirişga oid takliflarni bildirdi
Şavkat Mirziyoyev uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq sözladi va sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilişni kuçaytirişga oid takliflarni bildirdi.
Birinçidan, yangi tahrirdagi “Investitsiyalar töğrisida”gi qonun qabul qilinişi taʼkidlandi. Uşbu hujjat Jahon savdo taşkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq işlab çiqildi.
Ikkinçidan, tez orada mamlakatimizda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi iş boşlaydi. Uşbu sud Özbekiston sud-huquq tizimida alohida öringa ega böladi. Tez orada uşbu sud qarorlarini ijro etişni taʼminlaş maqsadida Özbekiston protsessual kodekslariga ham özgariş kiritiladi.
Uçinçidan, yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangiça yondaşuvlar joriy etiladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari böyiça çeklovlar ham bekor qilinadi.
Xorijiy sarmoyadorlar uçun yerlarni ijaraga beriş muddati 25 yildan 49 yilgaça, yaʼni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar töliq saqlab qolinadi.
👉 @xushnudbek 👈



