Şavkat Mirziyoyev raisligida quriliş materiallari tarmoği yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi
Şavkat Mirziyoyev raisligida quriliş materiallari tarmoğidagi işlar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi
Asosiy maʼlumotlar:
➖ Mahalliy va xorijiy sertifikati bor quriliş materiallarining elektron platformasini işga tuşiriş, viloyat hokimlari bilan birga şu yil yana kamida 50 ta quriliş materiali korxonasiga xalqaro sifat sertifikati olişda kömaklaşiş topşirildi;
➖ Joriy yil Yangi Özbekiston qiyofasi olib kiriladigan 33 ta tuman va şahardagi köp qavatli uy-joylar qurilişi faqat Qamaşi tumani tajribasi asosida yangiça loyiha yondaşuvi böyiça amalga oşirilişi belgilandi;
➖ 2026-yilda quriliş materiallari sohasida 11 mlrd dollarlik 900 dan ziyod yangi loyihalarni boşlaş, 3 mlrd 200 mln dollarlik 622 ta loyihani işga tuşirib, 21 ming yangi iş örni yaratiş, işlab çiqariş hajmini 65 trln sömdan oşiriş, 7,5 trln sömlik yangi mahsulotlarni mahalliylaştiriş, eksportni 1,5 milliard dollarga yetkaziş muhimligi taʼkidlandi.
👉 @xushnudbek 👈

