Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça Özbekiston yoşlar terma jamoasiga tabrik yölladi

Foto30-aprel, 2024, 10:321 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça Özbekiston yoşlar terma jamoasiga tabrik yölladi. Jumladan, tabrikda şunday deyiladi:

Aziz farzandlarim!

Şu kunlarda Qatar davlatida futbol böyiça yoşlar örtasida bölib ötayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli iştirok etib, biryöla final yöllanmasi hamda şu yil yozda Parijda ötkaziladigan Olimpiya öyinlari yöllanmasini qölga kiritganingiz bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Jonajon Özbekistonimizning futbol tarixida birinçi marta erişilgan bunday yorqin ğalabani, heç şubhasiz, mamlakatimizdagi barça sport muxlislari, köpmillatli butun xalqimiz çeksiz quvonç va ğurur bilan kutib oldi. Zero, bu el-yurtimizning neça yillik buyuk orzusi edi.

Işonçim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellaşuvida “Osiyo çempioni” degan şarafli nom uçun munosib kuraş olib borasiz.

Fursatdan foydalanib, barçangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham çin qalbimdan minnatdorçilik bildiraman.

Butun Özbekiston xalqi sizlarga hamişa baxt va omadlar, porloq ğalabalar tilaydi, aziz bolalarim!
 
Şavkat Mirziyoyev, Özbekiston Respublikasi Prezidenti

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek