Diplomatiya

Şavkat Mirziyoyev AQŞ Kongressi vakillari bilan uçraşdi

Albom6-noyabr, 2025, 10:502 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿🇺🇸Şavkat Mirziyoyev AQŞ Kongressi vakillari bilan uçraşdi

Davlatimiz rahbari Vaşingtonga taşrif doirasida keça, 5-noyabr kuni AQŞ Kongressi Vakillar palatasi aʼzolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi.

Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş, ikki mamlakat parlamentlarining amaliy hamkorligini kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida AQŞ Kongressi vakillarining Özbekistonga taşrifini uyuştiriş, ikki mamlakat hududlari rahbarlari boşçiligidagi işbilarmon doiralar delegatsiyalarining özaro taşriflarini taşkil etişga kelişib olindi.

Prezident, şuningdek, AQŞ Senatidagi Markaziy Osiyo böyiça kokusning hamraisi, senator Stiv Deynsni ham qabul qildi.

Stiv Deyns vakillik qilayotgan Montana ştati bilan faol hamkorlikni davom ettirişga alohida eʼtibor qaratildi. Ştat işbilarmonlarining delegatsiyasini Özbekistonga taşrifini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek