Samarqand şahriga kiriş yöllari uç kunga yopiladi
🚧 Samarqand şahriga kiriş yöllari uç kunga yopiladi
3-4-5-aprel kunlari Samarqandda birinçi “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti munosabati bilan şaharga kiriş yöllari vaqtinça yopiladi.
Şu sababli viloyat hududidan tranzit ötuvçi transport vositalari uçun aylanma harakat taşkil etildi. Bu uçun maxsus flayer işlab çiqilgan bölib, undagi QR-kod orqali taşkil etilgan aylanma yöllar haqida maʼlumot oliş mumkin.
Viloyat IIB şu kunlari Samarqandga borişni rejalaştirganlardan taşriflarini imkon qadar boşqa kunga surişni söradi.
Şuningdek, sammit kunlari xavfsizlikni taʼminlaş uçun Samarqand şahrining quyidagi köçalarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan çeklanadi:
🔹 Ibn Sino;
🔹 Afrosiyob;
🔹 Dahbed;
🔹 Böstonsaroy;
🔹 Universitet xiyoboni;
🔹 Namozgoh;
🔹 Sadriddin Ayniy;
🔹 Şabod;
🔹 Usta Umar Jöraqulov;
🔹 Registon;
🔹 Beruniy;
🔹 Mirzo Uluğbek.
🚑🚒 Uşbu köçalarda, istisno tariqasida, tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar bölinmalariga harakatlanişga ruxsat beriladi.
👉 @xushnudbek 👈

