Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Rus şovinistlarining navbatdagi aljiraşi

Matn14-fevral, 2024, 15:073 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Rus şovinistlarining navbatdagi aljiraşi. Nega bizda şunaqa qatʼiyat yetişmaydi?

Kuni-keça Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rahbari va ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja YouTubeʼdagi “Alter Ego” loyihasiga intervyu berib, unda özi yaşayotgan mamlakat tilini bilmaydiganlar “bosqinçi yoki ahmoq” bölişini aytgandi. Albatta, intervyu katta, salkam 2 soatlik. Unda boşqa köp fikrlar ham aytilgan, lekin ayni til bilan boğliq şu qismlari keng muhokama bölmoqda.

Hattoki Rossiyaning şovinistik propagandaçilari ham pitirlab qolişdi. Jumladan, “Rossotrudniçestvo” degan taşkilot rahbari Yevgeniy Primakov Şerzodxon Qudratxöja bilan har qanday muloqot va aloqalarni töxtatganini eʼlon qildi.

“Işonçim komilki, janob Qudratxöja nafaqat özi, balki yaqinlari ham Rossiyada öqiş, u bilan foydali biznes yuritiş, stajirovkada qatnaşiş va boşqa imkoniyatlarni qölga kirita olmasa, hatto özi yoqtirmaydigan davlatga şunçaki taşrif buyura olmasa ham, xafa bölmaydi”, — deb yozgan Yevgeniy Primakov.

❗️Ey, sen özing kimsanku, sening aloqani uzganing nima bölar edi?! Işonamanki, sening bu aljiraşing Şerzodxon akaga çivin çaqqançalik taʼsir qilmaydi. Istasang, öşa aloqani uzadiganlar röyxatiga meni ham qöşib qöyişing mumkin, bundan faqat xursand bölaman.

Bu şovinistlarning mantiği kulgili: biz boşqa mustaqil davlatlarning içki işiga burnimizni tiqişimiz normal holat, lekin ular öz davlatida öz ona tilisini hurmat qilişlarini talab qilişga haqqi yöq, deb öylaydi. Masalan, yaqinda Tina Kandelaki Qozoğistondagi poyezd stansiyalarining rusça nomini qozoq tilidagi nomga almaştirişganiga norozi bölgan va hattoki qozoq jamoatçiligini manqurtga çiqargan edi. Keyinçalik Kandelakiga Qozoğistonga kirişni taqiqlab qöyişdi.

Özi ruslar doim Markaziy Osiyo davlatlarida ona tili rivojlanişini, rus tilining mavqesi pasayişini xohlamaydi. Hattoki rus propagandasi har doim kirilldan lotin yozuviga ötişga qarşilik qiladi, u xoh Özbekiston bölsin, xoh Qozoğiston bölsin, alifbo mavzusida gap oçilsa, yoppasiga bunga qarşi maqolalar, postlar çiqartiradi (va afsuski köpçilik bunday buyurtma materiallarga aldanib qoladi).

Lekin ularning bir narsasiga qoyil qoliş va tan beriş kerak. Rus propagandasi öz manfaatlariga qarşi kiçik zarar köradigan voqeaga ham juda tez va keskin reaksiya beradi. Şerzodxon akaning gaplariga ham 1 kun ötmasdanoq javob qaytarişdi, vaholonki u yerda Rossiyaga qarşi biror gap yöq edi.

Biz esa Özbekistonga qarşi aytilgan gaplarga hozirça bunaqa keskin javob qaytara olmayapmiz. Hattoki “Özbekistonni bosib oliş kerak”, yoki “Özbek millati sunʼiy yaratilgan, inqilobgaça bölmagan” degan gaplarga ham muloyimlik qilamiz. Qörqqanimizdan tilimiz tanglayimizga yopişib qolganday böladi. Javoblarimiz ham yakkam-dukkam böladi, ovozimiz özimizga işonqiramay çiqadi. Qatʼiyat sezilmaydi.

“Özbekistonni Rossiyaga qöşib olaylik” deya Vatanimizning Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilgan Zaxar Prilepinga qarşi jinoyat işi qözğatmaganimiz mayli, heç bölmasa birorta taşkilot uni “persona non grata” sifatida eʼlon qilib, Özbekistonga kirişini taqiqlamadi.

Ammo rus şovinistlari Şerzodxon Qudratxöjaning “Özbekistonda yaşayotganlar özbek tilini bilsin” degan gaplari uçun özlariça unga taqiqlar eʼlon qilişyapti. Mana, qanaqa işlaş kerak! Mana, qanaqa javoblar kerak!

Xullas, hozirgi vaziyatda men töliqligiça Şerzodxon akani qöllab-quvvatlaşimni eʼlon qilaman va Özbekiston fuqarosiga asossiz tahdid qilgani uçun Yevgeniy Primakovning özini Özbekistonga kirişiga taqiq qöyilişini sörayman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek