Muhim

Raqobat qömitasi «Maxam-Çirçiq» AJga nisbatan iş qözğatdi

Matn8-iyul, 2024, 10:441 daqiqa0 koʻrish

Raqobat qömitasi “Maxam-Çirçiq” AJga nisbatan iş qözğatdi

Qömita tomonidan “MAXAM-ÇIRÇIQ” AJda işlab çiqarilgan mineral öğit mahsulot narxlarini şakllantirişda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oşişiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada, mineral öğit mahsulotlari narxlari örtaça 10 foizdan 15 foizgaça oşişiga sabab bölgan.

Şu sababli korxonaga nisbatan iş qözğatildi.

“Uşbu aniqlangan omillar qişloq xöjaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boşqalar)ga bevosita taʼsir qilib, qişloq xöjaligi mahsulotlari narxlari oşişiga olib kelişi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Qözğatilgan iş örnatilgan tartibda körib çiqilib, qaror qabul qilingandan söng qöşimça axborot beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek