Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Qurbonlik qiliş şartlari haqida ayrim maʼlumotlar

Matn26-iyun, 2023, 17:402 daqiqa0 koʻrish

Qurbonlik qiliş şartlari haqida ayrim maʼlumotlar

Ertaga Arafa, indinga Qurbon Hayiti. Şu sababli köpçilikka foydasi tegişi mumkin, degan ilinjda qurbonlik qiliş şartlari haqidagi baʼzi maʼlumotlarni yetkazmoqçimiz.

Uşbu videoda yanada batafsil maʼlumot olişingiz mumkin:

https://youtu.be/lyazA4JPKoY

❓Qurbonlik kimlarga vojib?

Aql-huşi joyida, baloğatga yetgan, muqim (musofir bölmagan), zakot yoki mulkida hojati asliyasidan ortiqça 85 gr tilla (taxminan 36 mln söm) yoki 596 gr kumuş qiymatiga teng narsasi bor kişilarga qurbonlik vojib böladi. Oila aʼzolaridan kimning zimmasiga qurbonlik vojib bölsa har birlari alohida qurbonlik qiladilar. “Bitta oiladan bitta qurbonlik kifoya” degan hukm yöq.

❓Qurbonlik qiliş vaqti qaçon?

• qurbonlik hayit namozi öqib bölingandan keyin boşlanadi;
• hayitning uçinçi kuni quyoş botişi bilan tugaydi. 

❓Qaysi hayvonlarni qurbonlik qiliş mumkin?

Qurbonlik quyidagi hayvonlardan birini söyiş bilan ado topadi: 🐏qöy, 🐐eçki, 🐂qoramol va 🐫tuya.

Uşbu hayvonlardan boşqa hayvonlar (masalan, ot, xöroz) qurbonlik örniga ötmaydi.

❓Qurbonlikning qiymatini sadaqa qiliş mumkinmi?

Qurbonlik talab etilgan jonliqlardan birini söyiş orqali ado etiladi. Jonliqni söymay, jonliqni yoki uning miqdoriga teng mablağni beriş qurbonlik hisoblanmaydi. Balki sadaqa hisoblanadi.

❓Qurbonlik goʼşti qanday taqsimlanadi?

Ulamolarimiz qurbonlikning goʼştini uçga bölib, bir qismini oila aʼzosi bilan yegani, ikkinçi qismini qarindoş-uruğ, quda-anda, taniş-biliş, qöni-qöşniga bergani, uçinçi qismini yetim-yesir, kambağal-muhtojlarga tarqatgani yaxşi, deyişgan. Lekin bu majburiy talab emas.

Qurbonlikdan maqsad uni söyişdir. Taqsimlaş esa kişining ixtiyoridagi amal. Bu borada vaziyatga qarab iş tutişi ham mumkin. Masalan oilasi köpçilikdan iborat bölsa, hammasini öziga olib qolişi, öziga töq bölsa, köproğini tarqatib yuborsa ham bölaveradi. Muhtojlarga köproğini tarqatişi afzalroq.

❓Qurbonlik goʼştidan yoki terisini qassobga iş haqi qilib bersa böladimi?

Qurbonlikning goʼştidan yoki terisidan yoki unga tegişli biror-bir aʼzosini qurbonlikni söygan qassobga xizmat haqqi sifatida beriş mumkin emas. Bunday qilinsa, qurbonlik hisobga ötmaydi.

Qurbonlik qiluvçi qassobning haqqini öz hisobidan berib bölgandan keyin, qassobga ehson sifatida qurbonlikning goʼşti, yoği, terisi kabi narsalaridan bersa böladi.

Şuningdek, qurbonlik goʼşti va terisini sotib bölmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek