Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Qonun qabul qilindi: ayrim turdagi şaxsiy maʼlumotlarni Özbekistondan taşqarida saqlaşga ruxsat berildi

Albom27-mart, 2026, 19:542 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Nihoyat, kutilgan qonun qabul qilindi: ayrim turdagi şaxsiy maʼlumotlarni Özbekistondan taşqarida saqlaşga ruxsat berildi

Şavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bugundan kuçga kirdi.

Qonunga köra, şaxsiy maʼlumotlar 2 ta toifaga ajratilmoqda. Birinçi toifadagi şaxsiy maʼlumotlar Özbekiston hududida saqlanişi şart, uni xorijga çiqariş taqiqlanadi. Bu toifaga şaxslarning biometrik, genetik maʼlumotlari, mahalliy telekommunikatsiyalar operatorlaridan foydalanuvçi jismoniy şaxslarning maʼlumotlari kiradi.

Mana şu 3 xil şaxsiy maʼlumotdan taşqari boşqa barça maʼlumotlar ikkinçi toifaga kiradi. Ikkinçi toifadagi şaxsiy maʼlumotlarni quyidagi holatlarda Özbekistondan taşqarida saqlaş va işlov beriş mumkin:

🔹 çet davlatni şaxsga doir maʼlumotlarning bir xil himoya qilinişini taʼminlovçi davlat sifatida tan oliş (uşbu röyxat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi);

🔹 operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvçi standart şartnomaviy şartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinişi va ularga rioya etilişi;

🔹 röyxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan şaxsga doir maʼlumotlarni boşqariş va saqlaş sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilişi.

ℹ️ Maʼlumot uçun, mazkur qonun Özbekistonga xalqaro tölov tizimlari (PayPal, Apple Pay va Google Pay kabilar) kirib kelişiga yöl oçişi kutilmoqda.

👉@xushnudbek👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek