Sport

Qatar va Saudiya Arabistoni ham futbol böyiça Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi

Albom15-oktabr, 2025, 11:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇶🇦Qatar va 🇸🇦Saudiya Arabistoni ham futbol böyiça Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi.

Keça bölib ötgan 4-bosqiç saralaş öyinlarida Qatar 2:1 hisobida BAAni mağlub etdi va guruhda 1-örinni egalladi. Saudiya esa Iroq bilan 0:0 öynadi va töplar nisbatiga köra, mundial yöllanmasini naqd qildi.

Endi yarimta yöllanma uçun BAA va Iroq yana öynaydi. Ularning ğolibi qitʼalararo saralaşga çiqadi.

Bugungaça 28 ta terma jamoa Jahon çempionati yöllanmasini hal qildi, yana 20 ta örin qoldi. Ularning aksariyati Yevropa jamoalari böladi, çunki köhna qitʼada saralaş davom etmoqda, hozirça faqat Angliya çiqqan xolos.

Kim çiqsa ham şaxsan bizga farqi yöq, çunki Özbekiston eng birinçilardan bölib masalani hal qilib qöygan :)

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek