Sport

Qahramon Aslanov özining Telegram kanalida (@aslanov_futbol) bugungi final haqidagi quyidagilarni yozibdi

Matn18-dekabr, 2022, 13:093 daqiqa0 koʻrish

Qahramon Aslanov özining Telegram kanalida (@aslanov_futbol) bugungi final haqidagi quyidagilarni yozibdi. Ronaldu muxlisi sifatida ham şu fikrlarga qöşilaman:

“Ilgari, futbol bu qadar kundalik hayotimizga aylanmagan paytlarda dunyo futbol yulduzlarini faqat jahon çempionatlarida tomoşa qilgan. Peleni faqat Braziliya, Eysebioni Portugaliya, Maradonani Argentina libosida tasavvur qilişgan. Ularga berilgan baho aynan mundiallarda körsatgan öyini asosida berilgan.

Töğri, boşqa guruh ham bor - Di Stefano, Jorj Best, Kenni Dalgliş kabi. Bilasizmi, ularni ilk sanalgan nomlar bilan bir qatorda tilga olişga nimadir yetişmayotgandek böladi. Köpinça, maʼlum klublar bilan tilga olinişadi: «Real» afsonasi, «Liverpul» tarixidagi eng yaxşisi va hokazo. Futbol afsonasi deyiş uçun öşa yetişmayotgan jihat - albatta, mundiallar.

Hozir köp narsa özgargan. Butun dunyo hamma yulduzlarni har hafta tomoşa qiladi. Ularga muxlislik qiladi, birga ğalaba qozonadi, mağlubiyatlarining guvohi böladi. Avvalgidek, kimgadir baho beriş uçun tört yil mundialni kutiş ehtiyoji ham yöq, aslida. Futbolçi öz işini qilyapti, öta yuqori darajada, eng zör boşqa futbolçilarga qarşi öz mahoratini har hafta namoyiş qilyapti, nega endi, şu yetarli emas?

Afsuski, konservativ inglizlar yaratgan futbol ham öta konservativ. Tarix şundoğam konservativ. Futbol tarixi, demak öz nomi bilan şunaqa, mohiyat, şakl özgargan bölsa-da, ölçovlar özgarmas ekan. Pele va Maradona bilan birga tilga olinmoqçimisiz, har eslanganda «lekin jahon çempioni bölolmagan-da» degan qöşimçadan qutulmoqçimisiz, bugungi finalni yutişingiz şart!

Messiga aytyapman.

Qiziği, ançadan beri futbolçilarga jahon çempioni böliş talabini qöymayotgandik. Neçta futbolçi bor, Bekhem deysizmi, Figu, Azar, De Bryuyne, Runi, Raul, Badjo-yu Zlatan, ularning zör futbolçi sifatida tan olamiz, undan zöri bölmagan paytlar ham bölgan, muammosiz, ammo Messi va Ronaldu qariçni ança keng olişdi, öz davri emas, ularning qariçi öşa elliginçi yillardan, Pele porlagan paytlargaça uzaydi. Nimayam derdik, oson emas bu maydon içida turmoq.

Men Messiçi emasman. Ronalduçi ham emas. Lekin ular şu darajaga yetişdiki, hatto birining muvaffaqiyati ikkinçisini ham buyuklaştiradi - agar Messi jahon çempioni bölsa, u futbol qirollaridan biriga, Ronaldu esa, mana şunday qirol bilan raqobat qila olgan buyuk şaxsga aylanib qoladi. Har ikkisi «katta davrda futbolning çöqqisida turib, lekin çempion bölolmagan ikki omadsiz» taʼrifidan qutulişadi. Messi va Ronaldu odam-futbolçilardan alohida bir «tur», bugun Messi mana şu «tur»ni ham himoya qilib çiqadi.
Messining çempion bölişi, demak  Ronaldu ham bemalol çempion böla olardi, degan farazni isbotlab qöyadi. Şunaqa.

Ikki mamlakat, önlab futbolçi maydonga tuşadigan, balki butunlay boşqa nomlar hal qiladigan öyin oldida faqat Messini tilga olayotganimning sababi şu. Ayni damda Messi muhimroq, hammasidan kattaroq. Bugun oddiy final emas.

Fransuzlar va uning muxlislari xafa bölişmasin. Ular çempionlikka albatta loyiq. Tarkibdan «Oltin töp» egasini çiqarib turib ham, finalgaça yetib keliş katta salohiyatdan darak beradi, qoyil. Ammo futbolning zarraça insofi bölsa, şundoq ham tört yil oldin çempionlikni yutgan bu jamoa katta tarixning muhim savoliga nuqta qöyilayotgan daqiqalarda xalaqit bermay turadi. Uzr.”

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Bugun FINAL: Argentina – Fransiya

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Bugun «Zakovat» intellektual olimpiadasi yakunlandi

    0 koʻrish2 daqiqa

Yana oʻqing