Qabul boşlanişiga 4 kun qoldi
‼️Qabul boşlanişiga 4 kun qoldi
#abituriyent
Qabul jarayonlari “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqiçda amalga oşiriladi:
1️⃣ Birinçi bosqiç:
abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun röyxatdan ötadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topşiriş hududini hamda kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bölsa, uşbu imtihonni topşiradigan oliygohni tanlaydi;
Yaʼni birinçi bosqiçda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topşirişini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topşirdim, men Tibbiyot universitetiga topşirdim" degan gaplar birinçi bosqiçda bölmaydi.
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida ötkaziladi.
2️⃣ Ikkinçi bosqiç:
abituriyentlar test sinovlari töliq yakunlanganidan söng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yönalişi va taʼlim şaklini tanlaydi.
Yaʼni özining olgan baliga qarab, testlar ötib bölgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yönalişiga topşirişini tanlaydi. Öylab oliş, tahlil qiliş uçun 15 kun vaqt böladi.
❓Öqişga kira olmaganlar nima qiladi?
Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, ötgan yildan boşlab oltinçi yönalişni tanlaş imkoni ham beriladi. Bunda tanlagan beşta yönalişiga öqişga tavsiya etilmagan yoki testga kirib, yönaliş tanlaş esidan çiqqan abituriyentlar fanlar majmuasi töğri keladigan va bali yetadigan oltinçi yönalişni ham tanlaşi mumkin böladi.
Şuningdek, öqişga kira olmagan abituriyentlar testda töplagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlaşi mumkin. Öqişga kira olmaganlar uçun kollej yoki texnikum tanlaşga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) eʼlon qilinganidan söng yana 10 kun muddat beriladi.
👉 @xushnudbek 👈


