Muhim

Qabul boşlandi

Albom5-iyun, 2026, 12:072 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️Qabul boşlandi
#abituriyent

Bugundan boşlab abituriyentlar my.uzbmb.uz hamda my.gov.uz saytlari orqali onlayn röyxatdan ötişlari mumkin.

Muhim joylari:

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun röyxatdan ötadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topşiriş hududini tanlaydi xolos;

➖ fanlar majmuasini tanlaganda qaysi yönalişlarga mos kelişi haqida maʼlumot çiqadigan bölibdi, bu ança qulay;

➖ agar kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bölsa, uşbu imtihonni topşiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan özi kirmoqçi bölgan OTMda ijodiy imtihon topşiriş şart emas. Masalan, kimdir Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqçi bölsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topşirsa ham böladi;

➖ Test topşiriş hududi qismida Söx va Denov tumani ham bor. Yaʼni Söx tumanidagilar Farğona şahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz şahriga kelişi şart emas;

➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kiriş uçun 206 ming söm miqdorida tölov qilişi kerak böladi. Tölovni 25-iyungaça bölib tölaş ham mumkin, undan keçiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri özgarib qolgan abituriyent 25-iyungaça qayta ariza topşirsa (arizani tahrirlasa) böladi. 25-iyundan keyin arizani özgartirişga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida ötkaziladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek