Prezidentning ikkita maslahatçisi lavozimi birlaştirilmoqda
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzĞofurjon Mirzayev Prezident maslahatçisi etib tayinlandi va Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.Prezidentning ikkita maslahatçisi lavozimi birlaştirilmoqda
ÖzAning xabar berişiça, Ğofurjon Mirzayev tayinlangan Prezident maslahatçisi lavozimi avvalgi ikkita maslahatçi lavozimini birlaştiriş orqali yangi taşkil etilgan.
Bunda Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qiliş, murojaatlar bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi (bunga qadar Tursinxon Xudaybergenov maslahatçi edi) hamda Prezidentning davlat xizmati masalalari böyiça maslahatçisi (bungaça vakant edi) lavozimlari tugatilib, ularning negizida yangi lavozim joriy etilgan.
Şuningdek, sönggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati yetarli samara bermayotgani, joylardagi muammolarni hal qilişda sustkaşlikka yöl qöyib, asosan sansalorlik bilan şuğullanayotgani aholining haqli eʼtirozlarini keltirib çiqarayotgani sababli Xalq qabulxonalari institutini kuçaytiriş yuzasidan ayrim vazifalar belgilandi.
Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlariga taʼsirçan çora sifatida davlat organlari va taşkilotlarda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonunçilik hujjatlari böyiça qonunbuzilişlar yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar tuziş va sudga yuboriş huquqi berilmoqda.
Hududlar bilan töğridan-töğri aloqalarni örnatiş va joylardagi vaziyatdan kelib çiqib, tezkor çoralar körib boriş maqsadida Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi taşkil etilayotgan Administratsiya rahbari yordamçilari muvofiqlaştirib boradi va ular bevosita hududlarda öz faoliyatini amalga oşiradi. Bunda Administratsiya rahbari yordamçilari ştatlari mavjud ştat birliklarini qisqartiriş evaziga taşkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈


